XDP Toshkentdagi pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi

Partiya bayonotiga ko'ra, hokimlik kodekslarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas

XDP Toshkentdagi pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) Toshkent shahar hokimligining pullik yo‘l bo‘yidagi avtoturargohlar uchun to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik joriy etish tashabbusini tanqid qildi.

Partiya bayonotida qayd etilishicha, hokimlik kodekslarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas. Konstitutsiyaga muvofiq, bunday vakolat faqat qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlarga berilgan.

Shuningdek, XDP avtoturargoh operatorlari va avtomobil egalari o‘rtasidagi munosabatlar fuqarolik-huquqiy xarakterga ega ekanini ta’kidladi. Shu sababli to‘lov bo‘yicha qarzdorlik sud tartibida undirilishi kerak, uni ma’muriy javobgarlik orqali hal etish to‘g‘ri emas.

Partiya fikricha, tijorat tashkilotlari daromadini ta’minlash maqsadida davlatning majburlov mexanizmlaridan foydalanish huquqiy davlat tamoyillariga zid. Ma’muriy choralar faqat jamoat manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘llanishi lozim.

Bayonotda, shuningdek, Toshkent shahar hokimligi keltirgan pullik avtoturargohlardan atigi 2–3% haydovchi foydalanish uchun haq to‘layotgani haqidagi ma’lumot ham shubha ostiga olindi. Partiya shu kungacha mazkur faoliyatdan olingan daromadlar va davlat budjetiga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha ochiq ma’lumot taqdim etilmaganini qayd etdi.

XDP yakunda ijro hokimiyati organlarini fuqarolar uchun qulay sharoit yaratishga e’tibor qaratishga, yangi jazo choralarini ishlab chiqishga emas, mavjud muammolarni hal etishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Toshkent shahar hokimligi yo‘l bo‘yidagi pullik avtoturargohlardan foydalangani uchun to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga nisbatan 824 ming so‘m miqdorida jarima joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygandi.

Loyihaga ko‘ra, qoidabuzarliklar avtomatlashtirilgan kameralar va elektron ma’lumotlar bazalari orqali aniqlanadi. Mazkur talablar shlagbaum bilan jihozlangan xususiy avtoturargohlarga tatbiq etilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yildan xorijdagi talabalar davlat idoralari va xususiy sektorga biriktiriladi
/
2026-yildan xorijdagi talabalar davlat idoralari va xususiy sektorga biriktiriladi
Bosh rejalari elektron ro‘yxatdan o‘tmagan qurilish loyihalariga ruxsat berilmaydi
/
Bosh rejalari elektron ro‘yxatdan o‘tmagan qurilish loyihalariga ruxsat berilmaydi
O‘zbekistonda abonent roziligisiz reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlar taqiqlanadi
/
O‘zbekistonda abonent roziligisiz reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlar taqiqlanadi