Pullik avtoturargoh uchun to‘lov qilmaganlar 824 ming so‘m jarimaga tortilishi mumkin

Qoidabuzarliklar avtomatik kameralar va elektron ma’lumotlar bazalari orqali qayd etiladi

Pullik avtoturargoh uchun to‘lov qilmaganlar 824 ming so‘m jarimaga tortilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi munitsipal yo‘l bo‘yi avtoturargohlaridan foydalangani uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Tegishli hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Poytaxt hokimligi tashabbusining jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 28-iyuliga qadar davom etadi. Loyiha mualliflari davlat tasarrufidagi maxsus yo‘l bo‘yi avtoturargohlarida avtomobilini qoldirib, belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarni javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda.

Mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 128-11-moddani kiritish rejalashtirilgan. To‘lovdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima miqdori BHMning 2 baravari etib belgilanadi. Kuz boshlanguniga qadar bu summa 824 ming so‘mni, 1-sentabrdan boshlab esa 880 ming so‘mni tashkil etadi. Ushbu jarima transport vositalarini bepul yoki imtiyozli joylashtirish huquqiga ega fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jarimalarni rasmiylashtirish uchun dalil sifatida avtomatik foto va video qayd etish qurilmalari materiallari, shuningdek, axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Shu bilan birga, bunday ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilash maqsadida qonunchilikka qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Hujjat mualliflari ta’kidlashicha, avtoturargoh uchun to‘lovni amalga oshirish talabi allaqachon “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan. Biroq ushbu talabni bajarmaganlik uchun javobgarlik mexanizmi hozircha mavjud emas. Taklif etilayotgan o‘zgartirish ana shu huquqiy bo‘shliqni bartaraf etishga qaratilgan.

Yangi tartib faqat davlat organlari tasarrufidagi yo‘l bo‘yi avtoturargohlariga nisbatan qo‘llaniladi. Shlagbaum bilan jihozlangan xususiy avtoturargohlar ushbu talab doirasiga kirmaydi, chunki ulardan to‘lovni amalga oshirmasdan chiqishning jismonan imkoni yo‘q.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston metall qazib olishga $500 mln jalb qilib, Tojikistondan 700 ming tonna xomashyo sotib oladi
/
O‘zbekiston metall qazib olishga $500 mln jalb qilib, Tojikistondan 700 ming tonna xomashyo sotib oladi
Keyingi 5 yilda O‘zbekistonda $180 mlrdlik yangi quvvatlar ishga tushiriladi
/
Keyingi 5 yilda O‘zbekistonda $180 mlrdlik yangi quvvatlar ishga tushiriladi
“O‘zmetkombinat”dagi yangi Quyuv-prokatlash majmuasi qiymati $839 mlnni tashkil etdi
/
“O‘zmetkombinat”dagi yangi Quyuv-prokatlash majmuasi qiymati $839 mlnni tashkil etdi