Sentabr oyidan “Wizz Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonda faoliyatini to‘xtatadi

Qaror operatsion muammolar va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy o‘zgarishlar bilan bog’liq

Sentabr oyidan “Wizz Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonda faoliyatini to‘xtatadi

Dushanba kuni Vengriyaning “Wizz Air” budjet aviakompaniyasi o‘zining “Wizz Air Abu Dhabi” qo‘shma korxonasini yopishni va “asosiy bozorlariga e’tibor qaratish” uchun 1-sentabrdan Abu Dabidan parvozlarni to‘xtatishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

Tashuvchining asosiy bozorlari Markaziy va Sharqiy Yevropani, shuningdek, G‘arbiy Yevropaning ba’zi manzillari — Avstriya, Italiya va Buyuk Britaniyani o‘z ichiga oladi. Strategiyani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror “bozor dinamikasini, operatsion muammolar va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy o‘zgarishlarni har tomonlama qayta baholashdan” so‘ng qabul qilindi.

Uning yopilishi aviakompaniya O‘zbekiston shaharlariga parvozlarni to‘xtatishini anglatadi.

“Wizz Air”ning ma’lum qilishicha, kompaniya o‘tgan yil davomida Yaqin Sharq mintaqasida ortib borayotgan operatsion muammolarga, jumladan, mintaqa bo‘ylab havo hududining tez-tez yopilishiga va uzilishlarga olib kelgan geosiyosiy beqarorlik, shuningdek, mijozlar talabining pasayishiga duch kelgan.

Joriy yilning fevral oyida Transport vaziri Ilhom Maxkamov “Wizz Air” aviakompaniyasi bosh direktori Yojef Varadi hamda Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Vazir uchrashuvda  joriy yil oxirigacha Toshkent – Budapesht – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reysni tashkil etishni taklif qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi