«Way II Management» MChJ investitsiya platformalari sohasidagi tartibga solish qumdoniga qabul qilindi

Kompaniya mazkur sohada ushbu rejimning birinchi ishtirokchisiga aylandi

«Way II Management» MChJ investitsiya platformalari sohasidagi tartibga solish qumdoniga qabul qilindi

2026-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Way II kompaniyasini investitsiya platformalari yo‘nalishi bo‘yicha «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga oldi. Kompaniya mazkur sohada ushbu rejimning birinchi ishtirokchisiga aylanib, O‘zbekiston zamonaviy investitsiya bozorini rivojlantirish uchun yangi istiqbollar ochmoqda.

«Tartibga solish qumdoni» — bu amaldagi bozor sharoitida moliyaviy innovatsiyalarni joriy etish va sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi maxsus mexanizmdir. Investitsiya platformalari sohasi uchun bu rejim fond bozoriga chiqishi murakkab yoki hali erta bo‘lgan kichik va o‘rta biznes loyihalariga investorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital jalb qilish imkoniyatini yaratadi.

Way II kompaniyasi investorlar hamda tadbirkorlik subyektlarini yagona tizimda birlashtiradigan Way Invest investitsion raqamli platformasi operatori sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda. Way Invest mobil ilovasi orqali foydalanuvchilar smartfon yordamida investitsiya kiritish, investitsiya portfelini real vaqt rejimida kuzatish va o‘z aktivlarini samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Beeline Uzbekistan egasi O‘zbekistonda bank sotib olish yoki tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
/
Beeline Uzbekistan egasi O‘zbekistonda bank sotib olish yoki tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Turk investorlari uchun O‘zbekistonda $8,4 mlrdlik aktivlar savdoga chiqariladi
/
Turk investorlari uchun O‘zbekistonda $8,4 mlrdlik aktivlar savdoga chiqariladi
O‘zbekistonda 10 oyda 23,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi
/
O‘zbekistonda 10 oyda 23,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi