Rossiyaga vizasiz kiruvchi xorijliklar uchun RuID orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ladi

1-iyuldan boshlab chet el fuqarolari chegarani kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin elektron ariza yuborishi kerak

Rossiyaga vizasiz kiruvchi xorijliklar uchun RuID orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ladi

2026-yil 1-iyuldan boshlab Rossiyaga vizasiz tartibda kiruvchi barcha chet el fuqarolari “Gosuslugi RuID” raqamli platformasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining nazorat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Gusev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tartib mamlakat ichki xavfsizligini ta’minlash hamda migratsiya oqimlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.

Yangi tizim orqali Rossiya idoralari mamlakatga kiruvchi shaxsning kimligi, tashrif muddati va safar maqsadi haqidagi ma’lumotlarni oldindan oladi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu davlat hududiga kirishi cheklangan shaxslarni oldindan aniqlash imkonini beradi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, elektron ariza chegarani kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin yuborilishi lozim.

Shu bilan birga, tartib barcha xorijliklarga tatbiq etilmaydi. U Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, diplomatik vakolatxonalar xodimlari, xizmat pasporti egalari hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari uchun amal qilmaydi.

Rossiya tomoni mazkur tizim noqonuniy migratsiyani kamaytirish, shuningdek, noqonuniy sxemalar orqali mamlakatga kirish holatlarining oldini olishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nizomiy universitetining yana ikkita binosi auksionga qo‘yildi
/
Nizomiy universitetining yana ikkita binosi auksionga qo‘yildi
Tadbirkorlarni tekshirishda elektron risk tahlili tizimi joriy etiladi
/
Tadbirkorlarni tekshirishda elektron risk tahlili tizimi joriy etiladi
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
/
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev