Sanjar Sulaymonov Visa’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejer etib tayinladi

U bunga qadar bir necha mintaqalarda Visa Direct yo‘nalishi direktori sifatida faoliyat yuritgan

Sanjar Sulaymonov Visa’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejer etib tayinladi

Visa kompaniyasi Sanjar Sulaymonovni Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezident va mintaqaviy menejeri lavozimiga tayinladi.

U yangi vazifasida kompaniyaning mintaqadagi faoliyatini rivojlantirish, raqamli to‘lovlar va innovatsion yechimlarni targ‘ib qilish, shuningdek, banklar, chakana savdo korxonalari va karta egalaridan iborat hamkorlar bilan ishlash bilan shug‘ullanadi.

Sulaymanov 2020-yilda Visa kompaniyasiga Markaziy Osiyodagi Visa Direct yo‘nalishi direktori sifatida qo‘shilgan, 2023-yildan boshlab esa ushbu yo‘nalishning Ukraina, Gruziya, MDH mamlakatlari va Janubi-Sharqiy Yevropada rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan.

Kompaniyaga kelishidan oldin u 15 yildan ziyod vaqt mobaynida Qozog‘istondagi Alfa-Bank, Qazkom Bank, KPMG, Qozog‘istondagi Sberbank va HSBC kabi banklarda hamda konsalting sohasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Visa raqamli to‘lovlar sohasida yetakchi kompaniya hisoblanadi. U 200 dan ortiq mamlakat va mintaqada jismoniy shaxslar, korxonalar, moliyaviy muassasalar va davlat tuzilmalari o‘rtasidagi tranzaksiyalarni qayta ishlashni ta’minlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi