Endilikda avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonda YaIDXP orqali VIN raqamlarini olish mumkin

“O‘zstandart” agentligi esa ishlab chiqaruvchining jahon indeksini rasmiylashtiradi

Endilikda avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonda YaIDXP orqali VIN raqamlarini olish mumkin

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar avtotransportning identifikatsiya raqami (VIN) ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida onlayn rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda sayt matbuot xizmati xabar berdi.

VIN — bu avtomobilning 17 xonali noyob kodi bo‘lib, u kuzovning ichki qismiga va tashqi qismidagi maxsus belgiga yoziladi. Bu raqamlar tadbirkorlarga 30 yil muddatga beriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ishlab chiqaruvchining jahon indeksi (WMI) — ishlab chiqaruvchi mamlakat va kompaniyaning belgisi;
  • tavsif qismi (VDS) — avtomobilning asosiy tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • identifikatsiyalovchi qism (VIS) — model yili, zavod kodi va seriya raqami.

Fevral oyida tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, ishlab chiqaruvchining jahon indeksini rasmiylashtirish bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“O‘zstandart”) shug‘ullanadi. WMIni Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali olish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun portalning “Transport” bo‘limida ariza yuborish kerak va avtomobil ishlab chiqaruvchisiga 6 ish kuni ichida javob beriladi. 

WMIni rasmiylashtirish uchun BHMning 30 baravari (11,25 mln so‘m) miqdorida mablag’ undiriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda chegirma bilan xizmat narxi BHMning 27 baravari yoki 10,125 mln so‘mni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda eksportchilar uchun “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi
/
O‘zbekistonda eksportchilar uchun “100 mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi
Senat bank kartalarini firibgarlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
/
Senat bank kartalarini firibgarlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Sud mashhur brendlar nomi ostida kiyim ishlab chiqargan kompaniyalarni jarimaga tortdi
/
Sud mashhur brendlar nomi ostida kiyim ishlab chiqargan kompaniyalarni jarimaga tortdi