Ikki venchur kompaniyasi Verifix startapiga $400 ming miqdorida pul ajratdi

Bunda “IT Park Ventures” $150 ming, “AloqaVentures” esa $250 ming investitsiya qilmoqda

Ikki venchur kompaniyasi Verifix startapiga $400 ming miqdorida pul ajratdi

2025-yil 30-iyulda Verifix startapi “IT Park Ventures” va “AloqaVentures” bilan investitsiya shartnomasini imzoladi.

Har ikki venchur kompaniya bitim doirasida $400 ming miqdorida mablag‘ ajratadi, bunda “IT Park Ventures” $150 ming, “AloqaVentures” esa $250 ming investitsiya qiladi.

Moliyalashtirish mablag‘lari startapning O‘zbekistonda va undan tashqarida faoliyatini kengaytirish, jamoani kuchaytirish, mahsulotni takomillashtirish, shuningdek, raqamli hujjat aylanishi sohasida korporativ va davlat yechimlari bozorida Verifix’ning o‘rnini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Verifix — O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq yaratilgan texnologik platforma bo‘lib, u raqamli imzo qo‘yish, hujjatlarni saqlash va boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ushbu yechim kompaniyalarga hujjat aylanishini avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va ichki jarayonlarning shaffofligini ta’minlashda yordam beradi.

Bugungi kunda platformadan O‘zbekistondagi 200 dan ortiq yirik kompaniyalar, jumladan banklar, sug‘urta kompaniyalari, logistika operatorlari va savdo tarmoqlari foydalanmoqda. Yaqin kelajakdagi rejalar orasida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish bor, bunda HoReCa, chakana savdo, distribyutsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ustuvorlik beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi