O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida $5,5 mlrdga kamaydi

Zaxiralar qisqarishining asosiy omili oltin qiymatining pasayishi bo‘ldi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida $5,5 mlrdga kamaydi

O‘zbekiston xalqaro zaxiralari hajmi sentabr oyida $5,5 mlrdga kamayib, $72,1 mlrddan $66,6 mlrdgacha tushdi. Bu haqda Markaziy bankning 1-oktabr holatidagi xalqaro zaxiralar bo‘yicha ma’lumotlarida keltirilgan.

Asosiy pasayish zaxiralarning oltin qismiga to‘g‘ri keldi. Uning qiymati bir oyda $4,8 mlrdga kamayib, $64,9 mlrddan $60,1 mlrdgacha tushgan.

Shu bilan birga, zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 14,1 mln troya unsiyasidan 14,3 mln troya unsiyasigacha oshgan. Demak, oltin zaxirasi qiymatining pasayishi qimmatbaho metall miqdorining kamayishi bilan emas, balki uning bozor qiymati qayta baholangani bilan bog‘liq.

Sentabr oyida London Fixing bo‘yicha oltinning o‘rtacha narxi 9% ga pasayib, bir troya unsiyasi uchun $4 188,75 ni tashkil etdi. 7-oktabr holatiga oltin kotirovkasi bir unsiya uchun $4 119 ni tashkil qilgan.

Zaxiralarning valyuta qismi ham bir oyda qisqardi — $6,6 mlrddan $5,9 mlrdgacha.

Markaziy bank portfelidagi xalqaro qimmatli qog‘ozlar hajmi sentabr oyida o‘zgarmay, $1,8 mlrd darajasida qoldi. Ularning xalqaro zaxiralarning umumiy hajmidagi ulushi qariyb 2,5% ni tashkil etdi.

O‘zbekiston xalqaro zaxiralarining qariyb 90%i oltin hissasiga to‘g‘ri keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ta’lim va ilm-fan vazirligi ta’limning barcha bosqichlarini yagona tizimga birlashtiradi
/
Ta’lim va ilm-fan vazirligi ta’limning barcha bosqichlarini yagona tizimga birlashtiradi
Wildberries UzPost’ga 360 mlrd so‘mlik foizsiz kredit ajratishi mumkin
/
Wildberries UzPost’ga 360 mlrd so‘mlik foizsiz kredit ajratishi mumkin
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi prognozini 7,9% gacha oshirdi
/
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi prognozini 7,9% gacha oshirdi