Nazorat kengashi Uzum Bank boshqaruvi raisini tanladi

Svetlana Xe Markaziy Bank bilan kelishilgandan so‘ng yangi lavozimda ish boshlaydi

Nazorat kengashi Uzum Bank boshqaruvi raisini tanladi

Aleksandr Filippovich Uzum Fintech yo‘nalishida mahsulot va xizmatlarini operatsion direktor lavozimida ishlashni davom ettiradi.

Kuzatuv kengashining bo‘lib o‘tgan uchrashuvida yangi boshqaruv raisi  tayinlandi. Endi bundan buyon, Uzum Bank’ga Svetlana Xe rahbarlik qiladi va u Markaziy Bank bilan kelishilgandan so‘ng yangi lavozimida ish boshlaydi. Uzum Fintech servislarini rivojlantirish bo‘yicha Aleksandr Filippovich operasion direktor rolida qoladi.

Yangi rahbar etib tayinlangan Svetlana Xe 20 yildan ortiq vaqt davomida bank sohasida faoliyat yuritib, korporativ boshqaruv, mijozlar va biznes uchun servis hamda mahsulotlarni rivojlantirish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, Uzum Bank’ga o‘tishdan oldin Yangi Bank boshqaruv raisi, Octobank va Kapitalbankda rahbarlik lavozimlarida ham faoliyat olib borgan.

Bankning yangi boshqaruv raisi Uzum Fintech jamoasi bilan birgalikda kompaniyaning uzoq muddatli strategiyasini kuchaytirish hamda O‘zbekistonlik mijozlar va tadbirkorlar uchun ilg‘or fintex-xizmatlar ishlab chiqishga e’tibor qaratishi ma’lum qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
/
IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
/
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi
/
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi