Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi

Kompaniya investitsiya orqali infratuzilmani modernizatsiya qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirmoqda

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi

Uzum kompaniyasi milliy pochta operatori — “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan hamkorlikni kengaytirish va uning infratuzilmasini modernizatsiya qilishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda Uzum Market 650 dan ortiq buyurtma topshirish punktlarini ishga tushirgan hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ’ning IT va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda. Kompaniya pochta infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika tarmog‘ini kengaytirish hamda eng zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Uzum asoschisi va bosh direktori Djasur Djumayev: O‘zbekiston pochtasi” bizning strategik hamkorimiz bo‘lib kelgan. 2026-yilda buyurtma topshirish punktlari sonini mingtadan oshirish, pochta infratuzilmasi orqali yetkaziladigan buyurtmalar ulushini esa Uzum Market’ning umumiy hajmining 10%igacha yetkazishni rejalashtiryapmiz, deya ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu millionlab jo‘natmalarni va minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishni anglatadi. Kelgusi 3–4 yil ichida Uzum mamlakat iqtisodiyotiga $1,5 mlrddan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, bunda logistika infratuzilmasini, jumladan, “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz”: avgust oyidagi avariyalar gaz qazib olish hajmining kamayishiga olib keldi
/
“O‘zbekneftgaz”: avgust oyidagi avariyalar gaz qazib olish hajmining kamayishiga olib keldi
O‘zbekiston bank tizimida 1 kvadrillion so‘mlik aktiv to‘plandi
/
O‘zbekiston bank tizimida 1 kvadrillion so‘mlik aktiv to‘plandi
Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
/
Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda