“Kapital sug‘urta” litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi

Kompaniyaga yangi shartnomalar tuzish va amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzaytirish taqiqlandi

“Kapital sug‘urta” litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi

“KAPITAL SUG‘URTA” AJning sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi 26-avgustdan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qarorida ma’lum qilindi.

Kompaniyaga 2022-yil 22-noyabrda berilgan 049696-sonli litsenziyaning amal qilishi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 47-moddasi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida vaqtincha to‘xtatilgan.

Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan davrda “KAPITAL SUG‘URTA” AJga yangi sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalarini tuzish, shuningdek, amaldagi shartnomalarni uzaytirish taqiqlanadi.

Shu bilan birga, cheklov kompaniyaning ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlariga taalluqli emas. “KAPITAL SUG‘URTA” AJ avval tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi kerak.

Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati 10 kunni tashkil etadi.

Eslatib o’tamiz, fevral oyida ham ayni shu kompaniya faoliyati 2-martdan boshlab to’xtatilgandi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, bozor manipulyatsiyasi alomatlari aniqlanmagan. Savdo qoidalarining 1688-3-bandiga asosan, nazorat komissiyasi xulosasi inobatga olinib, 2026-yil 11-martdan boshlab savdolar 2026-yil 2-martda shakllangan yopilish narxi asosida qayta tiklandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
/
Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Markaziy bank telefon raqami orqali hisobdan hisobga pul o‘tkazish tartibini tasdiqladi
/
Markaziy bank telefon raqami orqali hisobdan hisobga pul o‘tkazish tartibini tasdiqladi
O‘zbekistonda islomiy moliya uch bosqichda rivojlantiriladi — Timur Ishmetov
/
O‘zbekistonda islomiy moliya uch bosqichda rivojlantiriladi — Timur Ishmetov