Uzum Bank omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirdi

Uzum Bank milliy valyutadagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining oshirilganini e’lon qiladi: endilikda stavka yiliga 21,5% ni, maksimal daromadlilik esa yiliga 24% ni tashkil etadi

Uzum Bank omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirdi

Bunda yangi stavkalar nafaqat yangi omonatlar uchun, balki ilgari ochilgan omonatlarga ham amal qiladi.

Moliya vositalari qulay, tushunarli va mijozlar uchun maksimal darajada foydali bo‘lishi kerak, shu sababli muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng biz Uzum Bank’da omonatlar bo‘yicha stavkalarni oshirdik. Omonatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil ilova orqali ochish mumkin, bunda foizlar har kuni nafaqat asosiy summaga, balki ilgari hisoblangan foizlarga ham qo‘shilib boradi. Shu tariqa Uzum Bank omonatlarining daromadliligi 24% gacha yetishi mumkin. Mablag‘lar har doim mijozlar ixtiyorida qoladi: omonatni istalgan vaqtda to‘ldirish yoki undan mablag‘ yechib olish mumkin, — dedi Uzum Bank Boshqaruvi raisi Svetlana Xe.

Hisob qoldig‘iga kunlik foizlar ustiga foizlar hisoblanadi, bu esa mijozlarga nafaqat omonat summasidan, balki ilgari hisoblangan foizlardan ham daromad olish imkonini beradi. Stavkalar cheklangan aksiya doirasida amal qiladi va Uzum Bank mahsulotini bozordagi eng foydali takliflardan biriga aylantiradi.

Aksiya shartlari haqida batafsil ma’lumot olish va omonatni rasmilashtirish uchun Uzum Bank mobil ilovasidan foydalaning.

Reklama huquqi asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sila Sveta Toshkentdagi Sublimation Festival 2026 ning vizual konsepsiyasini yaratadi
/
Sila Sveta Toshkentdagi Sublimation Festival 2026 ning vizual konsepsiyasini yaratadi
Centrum Air yo‘lovchilari endi aviachiptalarni Apple Pay va Google Pay orqali to‘lashlari mumkin
/
Centrum Air yo‘lovchilari endi aviachiptalarni Apple Pay va Google Pay orqali to‘lashlari mumkin
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi
/
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi