UzNIF aksiyalari ilk bor “Toshkent” RFBning Premium segmentiga kiritildi

Jamg‘arma aksiyalariga IPO doirasida obuna 12-maygacha Toshkent va London fond birjalarida davom etadi

UzNIF aksiyalari ilk bor “Toshkent” RFBning Premium segmentiga kiritildi

2026-yil 7-maydan boshlab “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (UzNIF)ning oddiy aksiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasining “Stock Market” maydonchasidagi “Premium” toifasiga kiritildi.

Mazkur joylashtirish jamg‘arma aksiyalarining dual listing formatidagi IPO jarayoni doirasida amalga oshirildi. Bu investorlar uchun milliy fond bozori orqali ommaviy savdolarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Qayd etilishicha, aksiyaning ISIN kodi — UZ7058980010, birjadagi tikeri esa UZNF etib belgilangan.

Jamg‘arma aksiyalariga obuna jarayoni London fond birjasi va “Toshkent” Respublika fond birjasida 2026-yil 12-maygacha davom etadi. Buyuk Britaniya vaqti bilan soat 12:00da, Toshkent vaqti bilan esa 17:00da arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

Mahalliy taklif “Alkes Research”, “Avesta Investment Group” va “Bluestone Financial Group Inc” investitsiya vositachilari hamkorligida tashkil etilgan.

UzNIF aksiyalari bilan savdolarni “Toshkent” Respublika fond birjasida 2026-yil 18-maydan boshlash rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
/
Prezident Buxoroda 7,8 mlrd dollarlik 145 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berdi
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
/
Buxoroda $105 mlnlik turizm markazi quriladi
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Chelyabinsk va Tyumenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi