UzNIF IPO’sidan jalb qilingan mablag‘ $692 mlngacha oshdi

Qo‘shimcha opsion to‘liq ishga tushirilgach, fond aksiyalarining erkin muomaladagi ulushi 35% ga yetdi

UzNIF IPO’sidan jalb qilingan mablag‘ $692 mlngacha oshdi

Jefferies International Milliy investitsiya jamg‘armasining 3,515 mln dona global depozitar tilxatini (GDT) sotib olish bo‘yicha opsionni to‘liq amalga oshirdi. Bu haqda Investing nashri xabar berdi.

Barqarorlashtirish bo‘yicha menejer har bir global depozitar tilxatni $25 narxda xarid qildi, bu esa IPO’ning dastlabki joylashtirish narxiga to‘liq mos keladi. Bitimning umumiy hajmi $87,9 mlnni tashkil etdi. Mazkur “greenshoe” opsioni O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, yakuniy hisob-kitoblar 2026-yil 22-mayga rejalashtirilgan.

“Greenshoe” mexanizmi IPO tashkilotchilariga investorlar talabi kutilganidan yuqori bo‘lgan taqdirda, dastlab rejalashtirilgan hajmdan ortiq qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish imkonini beradi.

Natijada jalb qilingan mablag‘larning umumiy hajmi $603,6 mlndan qariyb $692 mlngacha oshdi. Shuningdek, fond kapitalidagi erkin muomaladagi aksiyalar ulushi 35% ga yetdi. Dastlab investorlarga ortiqcha obuna (oversubscription) hisobga olinmagan holda 23,43 mln dona GDT taklif qilingandi.

Bitta depozitar tilxat fondning 64,7 ming dona oddiy aksiyasiga tenglashtiriladi. Moliyaviy instrumentlar AQSh dollarida nominallashtirilgan bo‘lib, ularning nominal qiymati belgilanmagan.

Jefferies International vakillari 13–19-may kunlari davom etgan barqarorlashtirish davrida narxlarni ushlab turish uchun qo‘shimcha aralashuvlar amalga oshirilmaganini ham ma’lum qildi. Savdolar London Stock Exchange asosiy maydonchasida olib borilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Suriyaning Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi ochildi
/
Suriyaning Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi ochildi
“Tashkent Invest” Toshkentdagi BRT loyihasi uchun xalqaro muhandis-konsultant tanlovini e’lon qildi
/
“Tashkent Invest” Toshkentdagi BRT loyihasi uchun xalqaro muhandis-konsultant tanlovini e’lon qildi
OLX O‘zbekistondagi onlayn e’lonlar bozorida ustun mavqega ega platforma deb tan olindi
/
OLX O‘zbekistondagi onlayn e’lonlar bozorida ustun mavqega ega platforma deb tan olindi