“UzChasys” zavodining 70% lik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi

Avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi korxonaning yangi mulkdori “Best Pipe and Parts” kompaniyasi bo‘ldi

“UzChasys” zavodining 70% lik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi

Namangan viloyatidagi UzChasys qo‘shma korxonasining davlat ulushi — 70% aksiyalar ochiq savdolar orqali qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqda E-auksion elektron savdo platformasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Auksion qariyb bir soat davom etdi va shu vaqt ichida ishtirokchilar 16 marotaba narxni oshirdi. Yakunda Best Pipe and Parts kompaniyasi 332,96 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib deb topildi. Yakuniy qiymat boshlang‘ich bahodan 80% yuqori bo‘ldi.

Platforma qoidalariga ko‘ra, xaridor aktiv uchun to‘lovni besh ish kuni ichida amalga oshirmasa yoki shartnoma imzolashdan bosh tortsa, sotib olish huquqi eng yuqori taklif bergan ikkinchi ishtirokchiga o‘tadi. Takroriy rad javobi bo‘lsa, lot qayta savdoga chiqariladi.

Yangi mulkdor korxonaning amaldagi faoliyat yo‘nalishini kamida 10 yil davomida saqlab qolishi shart. Bundan tashqari, ishlab chiqarish uskunalarini sotish yoki xarid qilish bilan bog‘liq har qanday operatsiyalar “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilishi kerak.

Shuningdek, g‘olib texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha litsenziya shartlariga va General Motors tomonidan qo‘yilgan cheklovlarga rioya qilishi talab etiladi.

iHamkor ma’lumotlariga ko‘ra, Best Pipe and Parts kompaniyasi 1996-yilda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning asosiy ta’sischisi 42%dan ortiq ulush bilan UzAuto Korea hisoblanadi. Yirik aksiyadorlar qatorida UzAutoComponents va Janubiy Koreyaning Dongwon Metal kompaniyasi ham bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Geologiya va tog‘-kon sohasiga $30 mlrddan ortiq investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Geologiya va tog‘-kon sohasiga $30 mlrddan ortiq investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda oltin zaxiralari 5 yilda yana 879 tonnaga oshiriladi
/
O‘zbekistonda oltin zaxiralari 5 yilda yana 879 tonnaga oshiriladi
AQSH vizani tezlashtirish uchun $750 lik yangi xizmatni joriy etadi
/
AQSH vizani tezlashtirish uchun $750 lik yangi xizmatni joriy etadi