28.8.2025 | 14:10
UzCard tizimida vaqtinchalik nosozlik kuzatilmoqda
Kartalarini taksi yoki boshqa xizmatga ulangan foydalanuvchilar to‘lovni naqd pulda amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
UzCard tizimi vaqtinchalik ishlamayapti. Hozircha karta orqali mobil ilovalar orqali operatsiyalar amalga oshirilmayapti. Natijada taksi va boshqa xizmatlarga kartasini ulab qo‘ygan foydalanuvchilar to‘lovni naqd pulda amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda.
Holat yuzasida kompaniya rasmiylari hozircha izoh bermadi. Foydalanuvchilar ayni vaqtda Humo tizimidan foydalanishlari mumkin.

Eslatib o’tamiz, kompaniya joriy yilning martidan boshlab SMS-xabarnomalar narxi ikki baravarga oshirgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ