Yanosh Kovach “UzAuto Motors” bosh direktori etib tayinlandi

U 2021-yildan buyon “UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ishlayotgan edi

Yanosh Kovach “UzAuto Motors” bosh direktori etib tayinlandi

Yanosh Kovach “UzAuto Motors” bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq kompaniyaning bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovach tayinlandi.

Vengriyada tug‘ilgan Yanosh Kovach Budapesht texnika universitetining avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha muhandislik mutaxassisligini tamomlagan.

Kovach jahon avtomobil sanoatining yetakchi top-menejerlaridan biri sifatida, “General Motors”, “Opel”, “GM Powertrain Uzbekistan”, “UzAuto Peugeot Citroën Automotive” va “VinFast Automotive” kabi kompaniyalarda muhim rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillik tajribaga ega.

O‘zining professional faoliyati davomida u sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va avtomobil zavodlari boshqaruvi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan. U 2021-yildan buyon “UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi a’zosi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
/
IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
/
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi
/
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi