“UzAuto Motors Powertrain” uchun vaqtinchalik direktor sifatida Saidazim G‘ulomov tayinlandi

U avval ham bir necha yil davomida kompaniyaga rahbarlik qilgan

“UzAuto Motors Powertrain” uchun vaqtinchalik direktor sifatida Saidazim G‘ulomov tayinlandi

“UzAuto Motors Powertrain” boshqaruvchi direktori Saidazim G‘ulomov vaqtincha kompaniya bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Ushbu tayinlov haqida ma’lumot Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilindi. 

Qaror 26-dekabr kuni aksiyadorlar yig‘ilishida qabul qilingan. Yangi rahbar tasdiqlanguniga qadar, G‘ulomov bosh direktorning barcha vakolatlariga ega bo‘ladi. 

U avval ham bir necha yil davomida kompaniyaga rahbarlik qilgan bo‘lib, keyinchalik uning o‘rnini Bo Andersson egallagan edi.

Shuningdek, kompaniyaning yangi rahbari 2025-yil 30-iyungacha tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, “Kapital.uz” Bo Anderson “UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” rahbari lavozimini tark etgani haqida yozgan edi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

AVO bank mijoz hisobvaraqlariga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi
/
AVO bank mijoz hisobvaraqlariga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
O‘zbekistonning tashqi qarzi $84,1 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning tashqi qarzi $84,1 mlrdga yetdi