Raqobat qo‘mitasi eksklyuziv huquqi bor 29 ta korxonani ustun mavqega ega deb topdi

Ular orasida “To‘palang HPD Holding”, “O‘zagrosug‘urta” va “Soliq-servis” kabi kompaniyalar mavjud

Raqobat qo‘mitasi eksklyuziv huquqi bor 29 ta korxonani ustun mavqega ega deb topdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 29 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega deb e’tirof etildi. Qo‘mita matbuot xizmati bu korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi.

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra agar xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa, ustun mavqega ega deb e’tirof etish belgilangan.

Qo‘mita shundan kelib chiqib, quyidagilarni tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega deb e’tirof etgan:

  • “Qishloqqurilishloyiha” DM;
  • “Toshuyjoy LITI” AJ;
  • “O‘zGASHKLITI” MChJ;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazlari DM;
  • “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM;
  • “TO`PALANG HPD HOLDING” MChJ;
  • “Raqamli transformatsiya markazi” MChJ;
  • “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazi” DM;
  • “SMART MARKETPLACE” AJ;
  • “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator –“UZINFOCOM” MChJ;
  • “UNICON-SOFT” MChJ;
  • “O‘zbekekspertiza” AJ;
  • “Orol artemiya sanoat” DM;
  • “Gidroloyiha” AJ;
  • “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ;
  • “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” DM;
  • “Zarur amaliyotlar markazi” DM;
  • “Yashilloyiha” loyihalash instituti” DM;
  • “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK;
  • “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK;
  • “O‘zagrosug‘urta” AJ;
  • “Sharq“ nashriyot-matbaa AJ;
  • “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ;
  • “O‘zbekgeofizika” AJ;
  • “Kitob geologiya tabiat milliy bog‘i” DM;
  • “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM;
  • “Soliq-servis” DUK;
  • “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi DUK;
  • “CRPT TURON” MChJ.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi