“Toshkent” RFB “Universal Sug‘urta” aksiyalari savdosini tikladi

Nego Board’dagi bitimlar emitent tomonidan aksiyalarni sotib olish va aksiyadorlar tomonidan ularni sotish huquqini amalga oshirish uchun ochiq

“Toshkent” RFB “Universal Sug‘urta” aksiyalari savdosini tikladi

“Toshkent” Respublika fond birjasi “Universal Sug‘urta” aksiyalari (tiker: UZ7055380008) savdosini muzokaralar savdosi seksiyasida (Nego Board) qayta boshladi.

Ushbu qaror emitentga aksiyalarni qayta sotib olish, aksiyadorlarga esa “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ularni sotish huquqini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini berish maqsadida qabul qilindi.

Savdolar kompaniya tashabbusi bilan va aksiyadorlarning 2025-yil 13-iyundagi umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan qayta yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, birja listingiga kiritilmagan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo tashkil etish qoidalarining 74-b bandiga ham tayanildi.

“Universal Sug‘urta” aksiyalari bilan bitimlar 2024-yil 23-avgustdan boshlab narxlarning keskin oshishi va sug‘urta faoliyati litsenziyasining bekor qilinishi sababli to‘xtatilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi