O’zbekistonda endi Umra tashkilotchilari litsenziyaga ega bo’lishi kerak

Ruxsatnomalar berish din ishlari qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi

O’zbekistonda endi Umra tashkilotchilari litsenziyaga ega bo’lishi kerak

Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, O’zbekistonda litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi — Umra tashkil etish va o’tkazish joriy etildi.

2 iyul kuni O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli qonun hujjatlariga o’zgartishlar kiritgan qonunni imzoladi. Din ishlari bo’yicha qo’mita litsenziyalovchi organ etib tayinlandi.

Mazkur faoliyat uchun litsenziya olish jarayonidagi qoidabuzarliklar uchun yuridik shaxslar uchun 200 BHM (68 mln so’m) gacha miqdorda jarimalar joriy etildi. Shuningdek, umrani tashkil etish va o’tkazishni litsenziyalash uchun BHMning 10 baravari (3,4 mln so’m) miqdorida davlat boji belgilandi.

O’zgarishlar qonun rasmiy e’lon qilinganidan uch oy o’tgach kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Umidjon Hakimov “Ipak Yo‘li” banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi
/
Umidjon Hakimov “Ipak Yo‘li” banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi
1-iyundan kichik biznes uchun soliq chegarasi 5 baravar oshirilishi mumkin
/
1-iyundan kichik biznes uchun soliq chegarasi 5 baravar oshirilishi mumkin
Markaziy bank kapitalni xorijga chiqarish tartibini yengillashtiradi
/
Markaziy bank kapitalni xorijga chiqarish tartibini yengillashtiradi