O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $26 mlrddan oshdi

Yanvar–aprel oylarida eksport $9,9 mlrdni, import esa $16,3 mlrdni tashkil etdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $26 mlrddan oshdi

2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $26,3 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8%ga yoki $1,4 mlrdga oshgan.

Hisobot davrida eksport hajmi $9,9 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 16,8%ga kamaygan. Import hajmi esa aksincha, 26,7%ga o‘sib, $16,3 mlrdga yetgan.

Natijada tashqi savdo balansida $6,3 mlrd miqdorida manfiy saldo yuzaga kelgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi