“Imarat Development” qurilish kompaniyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kompaniya xaridorlarga Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan uylarni taklif qilgan, biroq binolar aslida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida joylashgani aniqlangan

“Imarat Development” qurilish kompaniyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sergeli tumanining Buyuk avlod shohko‘chasida ofisi joylashgan “Imarat Development” qurilish kompaniyasiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha fuqaro “Imarat Development” MCHJ faoliyatidan norozi bo‘lib, jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

O‘tkazilgan tekshiruvlar davomida MCHJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar joy binolari aslida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani hududida joylashgani aniqlangan. Ushbu holatdan xabar topgan xaridorlar norozilik bildirib, xonadonlar uchun to‘lagan mablag‘larini qaytarishni so‘ragan, biroq kompaniya pulni qaytarib bermagan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda BRT yo‘laklari tashkil etiladigan to‘rtta ko‘cha tanlandi
/
Toshkentda BRT yo‘laklari tashkil etiladigan to‘rtta ko‘cha tanlandi
O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi
Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi Yangi Toshkentning qurilish ishlarida ishtirok etishi mumkin
/
Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi Yangi Toshkentning qurilish ishlarida ishtirok etishi mumkin