Ukraina kompaniyasi YeTTB ko‘magida O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

Bank “Yuriya-Farm” kompaniyasiga ikki mamlakatda investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 15 mln yevro ajratdi

Ukraina kompaniyasi YeTTB ko‘magida O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Ukrainaning “Yuriya-Farm” kompaniyasiga yangi kredit ajratilishini e’lon qildi.

Mablag‘lar dori vositalari ishlab chiqaruvchisi tomonidan Ukraina va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan. Qarzning umumiy miqdori 15 mln yevroni tashkil etadi.

Xususan, O‘zbekistonda YeTTB krediti hisobiga ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va energiya samaradorligini ta’minlash uchun quyosh foto panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Kompaniyaning Ukrainadagi rejalari quyosh energiyasini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, u muhim IT infratuzilmasini yangilash va tegishli ishlab chiqarish amaliyotiga (GMP) muvofiqlik sertifikatini olishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyadagi yana bir ustuvor yo‘nalish bioGENext ta’lim platformasi hisoblanadi. Gap kadrlar yetishmovchiligini to‘ldirish maqsadida ukrainalik yoshlar uchun farmatsevtika va farmatsevtika marketingi sohalarida kasbiy ta’limni tashkil etish haqida bormoqda.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, “Yuriya-Farm” Ukrainadagi farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarning birinchi beshtaligiga kiradi. Kompaniya mahsulotlarini butun Ukraina bo‘ylab sotadi va 40 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi