Toshkent metrosi Uklon’ning 20 dan ortiq reklama bannerini demontaj qildi

Kompaniya Inkuzart ishtirokidagi PR aksiyasini metropoliten bilan kelishmasdan o‘tkazgan

Toshkent metrosi Uklon’ning 20 dan ortiq reklama bannerini demontaj qildi

Toshkent metropoliteni taksi chaqirish xizmati bo‘lgan Uklon kompaniyasiga tegishli 20 dan ortiq reklama bannerini olib tashladi. Bunga reklama materiallariga metropoliten rahbariyati bilan kelishilmagan holda qo‘shimcha yozuv va rasmlar kiritilgani sabab bo‘ldi.

Metropoliten matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 21-iyun kuni tungi soat 02:00 atrofida noma’lum shaxslar bannerlarga turli yozuvlar va tasvirlar tushirgan. E’lon qilingan videoda reklama bannerlariga tort va yurakcha rasmlari chizilgani, “Tug‘ilgan kuning bilan!” va “Hurmatli insonlar” kabi yozuvlar qo‘shilgani, shuningdek, “ilk safar” iborasi “ilk 3 ta safar” deb o‘zgartirilgani aks etgan.

Barcha bannerlarga ko‘cha rassomi Inkuzart’ning ramzi hisoblangan kapalak silueti ko‘rinishidagi logotipi ham joylashtirilgan. Inkuzart o‘z shaxsini oshkor qilmaydi, niqob taqib yuradi va asosan tungi vaqtda faoliyat olib borishi bilan tanilgan.

Metropolitenning bildirishicha, xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida qisqa muddat ichida aksiyaga aloqador shaxslar aniqlangan. Videolardan birida kepka va niqob taqqan shaxs, shuningdek, Uklon marketing bo‘limi xodimi Artyom Li aks etgan.

Foto: Toshkent metropoliteni

Metropoliten tomonidan e’lon qilingan videoda Artyom Li mazkur kampaniya tashkilot tomonidan ishlab chiqilganini tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bannerlarga o‘zgartirish kiritish uchun rassom Inkuzart jalb qilingan.

Biz bannerlarga o‘zgartirishlar kiritishi uchun rassom Inkuzart’ni yollagan edik… Buni metropoliten bilan kelishish kerakligini bilmagan ekanmiz, — degan u.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, hodisaga aloqador shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida ma’muriy ta’sir choralari qo‘llanilgan.

Shuningdek, metropoliten ma’muriyati metro hududida har qanday PR va reklama aksiyalarini o‘tkazish faqat rahbariyat ruxsati bilan amalga oshirilishini eslatdi. Bu talab Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-oktabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Metropolitenda yo‘lovchilar va boshqa shaxslarning bo‘lishi qoidalari”da ham belgilangan. Hujjatga ko‘ra, metropoliten infratuzilmasi va harakat tarkibining tashqi yoki ichki qismlariga rahbariyat bilan kelishilmagan holda yozuvlar, rasmlar, axborot va reklama materiallarini joylashtirish taqiqlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi sotuvchilar uchun yagona QR-kod bo‘yicha komissiya 0,65% ni tashkil etadi
/
O‘zbekistondagi sotuvchilar uchun yagona QR-kod bo‘yicha komissiya 0,65% ni tashkil etadi
Namangan aeroportida yangi yo‘lovchi terminali qurilishi uchun $175 mln investitsiya yo‘naltiriladi
/
Namangan aeroportida yangi yo‘lovchi terminali qurilishi uchun $175 mln investitsiya yo‘naltiriladi
O‘zbekistonda kapital bozori to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
/
O‘zbekistonda kapital bozori to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi