Toshkentning uch tumanida uy-joy renovatsiyasi loyihalari boshlandi

Loyiha doirasida fuqarolarga foydalanishga topshirilgan uylardan tayyor xonadonlar taklif etiladi

Toshkentning uch tumanida uy-joy renovatsiyasi loyihalari boshlandi

Toshkentning Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlarida eski uy-joy fondini yangilash bo‘yicha renovatsiya loyihalarining birinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki bosqichda eskirgan uylarni buzish, renovatsiya mexanizmlari, ko‘chirish tartibi hamda fuqarolarga taklif etilayotgan hududlar bo‘yicha uy-joy mulkdorlari va mahalla faollariga batafsil ma’lumot beriladi.

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi maxsus komissiya renovatsiya ishlari olib boriladigan hududlarda tashkil etilgan shtablar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Hozirda bunday markazlar “Jarqurg‘on”, “A. Fitrat” va “Xonobodtepa” mahallalarida ish boshlagan.

Kelgusida qurilish ishlari olib boriladigan barcha hududlarda ham shunday ofislar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ishchi guruhlarga tuman hokimliklari, nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, soliq inspeksiyasi, Majburiy ijro byurosi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, kadastr va arxitektura sohalari mutaxassislari hamda mahalla vakillari jalb etilgan.

Shuningdek, energetika va suv ta’minoti korxonalari mutaxassislari, bank xodimlari, notariuslar va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ham jarayonga qo‘shiladi.

Mazkur markazlarning asosiy vazifasi ko‘chmas mulk egalari bilan bevosita muloqot qilish, renovatsiya dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarga huquqiy va amaliy maslahatlar berish hamda har bir oilaning individual holatini inobatga olgan holda ularning taklif va e’tirozlarini o‘rganishdan iborat.

Aholi bilan uchrashuvlar davomida loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari, ko‘chirish jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish, kompensatsiya, kafolatlar va muqobil uy-joy variantlari masalalari muhokama qilinmoqda.

Shavkat Umurzoqovning ta’kidlashicha, renovatsiya dasturining asosiy tamoyillaridan biri mulk egalariga foydalanishga topshirilgan yangi uylardan teng qiymatdagi xonadonlar ajratishdan iborat. Bu esa fuqarolarni ko‘p yillik qurilish jarayonini kutishdan xalos etib, qisqa muddatda zamonaviy uy-joylarga, imkon qadar o‘zlari yashab turgan hududning o‘zida ko‘chib o‘tish imkonini beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Davr Bank aksiyadorlari bankning 51% ulushini Ozarbayjon davlat bankiga sotishni ma’qulladi
/
Davr Bank aksiyadorlari bankning 51% ulushini Ozarbayjon davlat bankiga sotishni ma’qulladi
Xususiy korxonalarga $200 minggacha xorijga ruxsatsiz investitsiya kiritishga ruxsat berildi
/
Xususiy korxonalarga $200 minggacha xorijga ruxsatsiz investitsiya kiritishga ruxsat berildi
2026-yil yakuniga qadar 5 ta davlat korxonasi IPOga chiqariladi
/
2026-yil yakuniga qadar 5 ta davlat korxonasi IPOga chiqariladi