Rublning so‘mga nisbatan kursi uch oyda qariyb 20% ga pasaydi
22-may kuni 169,53 so‘m bo‘lgan rublning rasmiy kursi 28-avgustga kelib 136,73 so‘mgacha tushdi
Фото: РИА
Rossiya milliy valyutasi — rublning o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy kursi uch oydan ko‘proq vaqt ichida 19,3% ga pasaydi.
2026-yil 22-may kuni Markaziy bank rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursini 169,53 so‘m etib belgilagan. Bu 2022-yil 20-dekabrdan keyingi davrda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.
28-avgustga kelib rubl kursi 32,8 so‘mga tushib, 136,73 so‘mni tashkil etdi. Bu 2025-yil 12-fevraldan keyingi davrdagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shu tariqa, uch oydan sal ko‘proq vaqt ichida rublning so‘mga nisbatan qiymati qariyb beshdan bir qismga kamaygan.
Rubl dollarga nisbatan ham qadrsizlandi
Rublning so‘mga nisbatan pasayishi uning AQSh dollariga nisbatan ham zaiflashgan davriga to‘g‘ri kelmoqda.
Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 22-may kuni $1 70,79 rublga teng bo‘lgan.
28-avgust holatiga Rossiyada dollar kursi 85,95 rubl etib belgilandi. Natijada uch oydan ko‘proq vaqt davomida dollar rublga nisbatan 21,4% ga mustahkamlangan.
Ya’ni, ushbu davrda rubl bir vaqtning o‘zida ham o‘zbek so‘miga, ham AQSh dollariga nisbatan qiymatini sezilarli darajada yo‘qotgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ