2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi

Eng ko‘p ishlab chiqarilgan model — Cobalt, undan keyin Damas va Tracker hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–mart oylarida jami 108 769 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,5 ming donaga oshgan.

Ishlab chiqarilgan avtomobillar rusumlar kesimida quyidagicha taqsimlangan: Cobalt — 38 397 dona, Damas — 21 503 dona, Tracker — 10 746 dona, Onix — 8 950 dona.

Shuningdek, KIA (7 105 dona), BYD (5 111 dona), Haval (2 978 dona) va Chery (1 981 dona) avtomobillari ishlab chiqarilgan. Maxsus yengil avtomobillar soni esa 11 998 donani tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi
/
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi