UC Ventures Osnova startapiga $100 minglik investitsiya kiritdi

Platforma bu mablag‘ni ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish uchun yo‘naltirishni rejalashtirmoqda

UC Ventures Osnova startapiga $100 minglik investitsiya kiritdi

Ta’lim sohasidagi Osnova startapi seed (boshlang‘ich) bosqichida $100 ming investitsiya jalb qildi. Mablag‘ni mamlakatdagi yetakchi venchur fondlardan biri — UC Ventures ajratgan.

Bitim bo‘yicha maslahatchi sifatida Gafurov, Kardash & Partners (GK&P) kompaniyasi ishtirok etdi. Platforma bu mablag‘ni masshtabni kengaytirish, yangi kurslar yaratish hamda ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish uchun yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Osnova — kasbiy ta’limga ixtisoslashgan platforma bo‘lib, 2024-yil yozida ishga tushirilgan. U kasbiy yo‘nalishni aniqlovchi testlar, shuningdek marketing, HR, raqamli ko‘nikmalar va boshqa yo‘nalishlardagi kurslarni o‘zbek va rus tillarida taklif etadi. Servisda hozirda 80 mingdan ortiq foydalanuvchi mavjud.

Platformaning hammuassislari — Alisher Jumaniyozov, Kamila Uzakova va Anton Chexov — 2025-yil iyun oyida Spot’ga bergan intervyusida ilgari qanday qilib onlayn kurslarni ishga tushirishga uringanliklari, ish beruvchilar uchun mos xodim topish nega qiyinligi va hamkorlikdagi integratsiyalar bir foydalanuvchini jalb etish xarajatini qanday kamaytirgani haqida so‘zlab berishgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi