Mamlakatda tumanlarni rivojlantirish uchun $500 mln ajratiladi

2026-yildan esa davlat aktivlari 5 yilga ijaraga beriladi va shartnoma ijarachi bajarmagan taqdirdagina bekor qilinadi

Mamlakatda tumanlarni rivojlantirish uchun $500 mln ajratiladi

Kelgusida tumanlarni rivojlantirish uchun $500 mln ajratiladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. 2025-yilda 16 ta tuman uchun jami 1,1 trln sarflangan.

2026-yildan davlat aktivlari besh yilga ijaraga beriladi. Agar ijarachi o‘zi xohlasa yoki majburiyatini bajarmasagina shartnoma bekor bo‘ladi.

1991-yilda qabul qilingan “Ijara to‘g‘risida”gi qonun asosan davlat organlari manfaatini himoya qilishga qaratilgani qayd etildi. Shu bois ijaraga beruvchi va ijarachi huquqlarini birdek himoya qiladigan yangi tahrirdagi qonun ishlab chiqiladi.

Kapital.uz avvalroq O‘zbekistonda 2026-yilda sanoat infratuzilmasi uchun 2,1 trln so‘m ajratilishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek, Toshkent shahrida elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun yana 2 trln so‘m beriladi. Korxonasiga tashqi infratuzilmani o‘z hisobidan qilayotgan tadbirkorlarning xarajati foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi