OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi

Mablag‘lar G‘ijduvondagi 300 MVt quvvatli “Bash-2” shamol elektr stansiyasi qurilishiga yo‘naltiriladi

OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi

ACWA Power Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida “Bash-2” shamol elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun moliyalashtirish oldi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) matbuot xizmati xabar berdi.

Ajratilgan $116 mln mablag‘ stansiyani loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishga yo‘naltiriladi. Moliyalashtirish paketining $50 mln qismi OTBning o‘z mablag‘lari, $41 mln tijorat banklari resurslari, $25 mln esa LEAP 2 jamg‘armasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan $107 mln kredit ajratiladi.

“Bash-2” loyihasi 2023-yilda boshlangan tashabbusning davomi hisoblanadi. Loyiha doirasida har biri 8 MVt quvvatga ega 39 ta shamol generatori, yuqori kuchlanishli podstansiya hamda elektr tarmog‘iga ulanish uchun 1,5 km uzunlikdagi uzatish liniyasi quriladi.

OTB ma’lumotiga ko‘ra, ushbu loyiha ishga tushirilishi bilan bank ko‘magida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qayta tiklanuvchi energetika loyihalarining umumiy quvvati 2 GVtga yetadi.

Qurilish davrida 800 ta ish o‘rni yaratilishi, loyiha foydalanishga topshirilgach esa 25 ta doimiy ish o‘rni tashkil etilishi kutilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida talaba qizlar uchun ta’lim dasturlari va texnik ekskursiyalar ham tashkil etiladi.

ACWA Power vakillari loyiha O‘zbekistonda “yashil” energetika bozorining investitsiyaviy jozibadorligini tasdiqlashi va past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi