O‘zbekistonda 2026-yilda sanoat infratuzilmasi uchun 2,1 trln so‘m ajratiladi
Shuningdek, tashqi infratuzilmalarni o‘z hisobidan qilayotgan tadbirkorlardan xarajat uchun foyda solig‘i olinmaydi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Bugun, 19-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.
Qayd etilishicha, hududlarda sanoat infratuzilmasini yaxshilashga bu yil 1,7 trln so‘m ajratildi. 2026-yilda esa bu xarajatlar 25% ga oshirilib, 2,1 trln so‘mga yetkaziladi.
Bundan tashqari, poytaxtda tadbirkorlar soni kundan kunga oshib borayotganini inobatga olib, elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun yana 2 trln so‘m beriladi.
Korxonasiga tashqi infratuzilmani o‘z hisobidan qilayotgan tadbirkorlarning xarajati foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi.
Davlat rahbari Bosh vazirning iqtisodiyot va investitsiyaga mas’ul o‘rinbosarlariga 1-noyabrga qadar har bir tarmoq, hududiy korxonalar talabini o‘rganib, boshqa xomashyo va butlovchi qismlar uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ