Farg‘onada “Tulpor” traktorlari ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi

Investitsiyalar hajmi birinchi bosqichda $30 mlnni tashkil etadi, uch yil ichida esa $300 mlnga yetkaziladi

Farg‘onada “Tulpor” traktorlari ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi

Farg‘onada “Qo‘qon” EIZ filiali hududida “Tulpor” brendi ostida qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxona qurilishi boshlandi.

Loyihani Ferghana Tulpor Machinery kompaniyasi amalga oshirmoqda.

Poydevor qo‘yish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, prokuratura, IIV, shahar hokimligi vakillari, shuningdek, xitoylik tadbirkorlar va investorlar ishtirok etdilar.

Zavod 7 gektar maydonni egallaydi. Dastlabki bosqichda investitsiyalar hajmi $30 mlnni tashkil etib, uch yil ichida $300 mlngacha yetkaziladi. Kelajakda asosiy ishlab chiqarish yonida ehtiyot qismlar tayyorlovchi korxonalar ham barpo etiladi.

Zavodda bog‘larda ishlaydigan kichik modellardan tortib, 400 ot kuchiga ega bo‘lgan qudratli mashinalargacha turli quvvatdagi traktorlar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda. Mahsulotlar ham ichki bozorga, ham Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.

Loyiha natijasida 250 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Marosim doirasida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan texnikalarning dastlabki namunalari namoyish etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi