Donald Tramp o‘zining kriptovalyutasini chiqardi

Memkoinning narxi birjada $75 gacha ko‘tarildi

Donald Tramp o‘zining kriptovalyutasini chiqardi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining yangi kriptovalyutasi — $TRUMP memkoinini taqdim etdi. Bu haqda u “X” va “Truth Social” ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida xabar qoldirdi.

“Mening yangi va rasmiy Tramp memim bu yerda! Biz tarafdor bo‘lgan hamma narsani nishonlash vaqti keldi. G’alaba! Maxsus Tramp hamjamiyatimga hoziroq qo‘shiling”, — deya yozgan u.

$TRUMP memkoini Donald Trampning internet hazillari va mashhur shiorlaridan ilhomlanib yaratilgan. Kriptovalyuta chiqarilganining birinchi kunida $75 gacha ko‘tarildi. Hozirda, Toshkent vaqti bilan soat 11:20 holatiga ko‘ra, uning Binance birjasidagi narxi $57,85 ni tashkil qilmoqda.

Tramp kriptovalyutasi bir kunda 200% dan ortiq o‘sdi va $2,7 mlrdlik kapitallashuv bilan yirik kriptovalyutalar orasida 58-o‘rinni egalladi.

Savdo boshida kapitallashuv $3 mlrdga chiqqan bo‘lsa, bir yarim soatda $4,3 mlrdgacha ko‘tarildi.

Birinchi kundan boshlab faqat 200 mln dona $TRUMP sotib olish mumkin, uch yil ichida esa bu ko‘rsatkich muomalada 1 mlrd donaga yetishi kutilmoqda.

Memkoinni Tramp o‘z e’lonlarida bergan maxsus veb-saytda bank kartasi yoki boshqa kriptovalyutalar orqali sotib olish mumkin.

Memkoinning shiori “Kurashing, kurashing, kurashing»dir. Bu Trampga suiqasd urinishidan so‘ng u aytgan iboraga ishora qiladi.

Reklama materiallariga ko‘ra, $TRUMP faqat kriptovalyuta emas, balki tarixning bir bo‘lagi sifatida taqdim etilmoqda. Tramp tarafdorlari bu orqali nafaqat moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, balki uning g‘oyalari va qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
/
Yangi transport loyihalarisiz Markaziy Osiyo savdo hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlay olmaydi — Jasurbek Choriyev
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
/
Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi mumkin