Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi

1-iyuldan boshlab arizachilar vizaga navbat sanasini mustaqil tanlamaydi, tizim qabul vaqtini avtomatik belgilaydi

Fransiyaga qisqa muddatli viza olish tartibi o‘zgaradi

Toshkentdagi Fransiya vizalari markazida 2026-yil 1-iyuldan boshlab 90 kungacha bo‘lgan qisqa muddatli turistik vizalarni rasmiylashtirish tartibi o‘zgaradi. Bu haqda TLScontact kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, arizachilar endilikda qabul sanasi va vaqtini mustaqil tanlamaydi. Tizim mavjud bo‘sh o‘rinlardan kelib chiqib, tashrif vaqtini avtomatik ravishda belgilaydi.

Mazkur o‘zgarish faqat turistik vizalar uchun amal qiladi. Boshqa toifadagi vizalarni rasmiylashtirish tartibi esa o‘zgarishsiz qoladi.

Viza olish uchun fuqarolar avvalo TLScontact’ning rasmiy portalida shaxsiy akkaunt yaratib, arizani to‘ldirishi kerak. Ma’lumotlar tekshirilgach, ariza elektron navbatga qo‘yiladi.

Shundan so‘ng foydalanuvchining elektron pochtasiga qabul sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi. Arizachiga xizmat haqini to‘lash va bronni tasdiqlash uchun 24 soat vaqt beriladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizim pulli vositachilar faoliyati va navbatlarni sun’iy band qilish holatlarining oldini olish, shuningdek, barcha arizachilar uchun teng sharoit yaratishga qaratilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar ushbu viza markazi orqali bo‘sh qabul sanalarini topish qiyinligi yuzasidan bir necha bor shikoyat qilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston iyul oyida $1,3 mlrdlik oltin eksport qildi
/
O‘zbekiston iyul oyida $1,3 mlrdlik oltin eksport qildi
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi