Toshkentga yana 240 ta avtobus xarid qilinib, 16 ta yangi yo‘nalish tashkil etiladi

Shahardagi 1,1 mingta bekat rekonstruksiya qilinib, yana 70 ta yangi bekat quriladi

Toshkentga yana 240 ta avtobus xarid qilinib, 16 ta yangi yo‘nalish tashkil etiladi

Toshkent shahriga 240 ta avtobus xarid qilinib, 16 ta yangi yo‘nalish tashkil etiladi. Bu Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 23-apreldagi qarorida aks etgan.

Qarorda poytaxt jamoat transportidagi quyidagi muammolar sanab o‘tilgan. Xususan, tirbandlik vaqtlarida avtobuslarni kutish vaqti sezilarli darajada oshib, ayrim hollarda 35−40 daqiqagacha cho‘zilayotgani aholiga noqulaylik tug‘dirmoqda.

Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda harakat intervallarining uzayishi natijasida jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlari cheklanmoqda. Bu esa yo‘lovchilar oqimini samarali taqsimlashga to‘sqinlik qilmoqda.

Shaharda ajratilgan avtobus yo‘laklari yetarli darajada rivojlanmagan. Hozirgi kunda ular shahar magistral yo‘llarining atigi 18,5% ini tashkil etadi, bu esa jamoat transporti harakati tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

753 ta bekatda umuman konstruksiyalar yo‘q, yana 836 tasi esa yetarli sharoitlar bilan ta’minlanmagan.

Transport harakatini real vaqt rejimida kuzatish va dispetcherlash tizimlari samaradorligi ham yetarli darajada emas. Natijada harakatni boshqarish va tezkor qaror qabul qilish imkoniyatlari cheklanmoqda.

Qarorda qayd etishicha, jamoat transporti ulushining pastligi aholining katta qismi shaxsiy avtomobillardan foydalanishiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida shaharda tirbandliklarning yanada kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

Mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, qo‘shimcha 240 ta avtobus xarid qilinib, harakat tarkibi kengaytiriladi. Shu bilan birga, 16 ta yangi yo‘nalish tashkil etish va kunlik qatnovlar sonini yana 2 mingtaga oshirish ko‘zda tutilgan.

Qarorda avtobuslar modeli va sig‘imi aytilmagan.

Jamoat transportiga ustuvorlik berish maqsadida 16,2 kilometr BRT yo‘laklari hamda 56 kilometr ajratilgan avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Ushbu yo‘laklarda nazoratni kuchaytirish uchun 600 dan ortiq kameralar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bekat infratuzilmasini yaxshilash doirasida 1116 ta bekat rekonstruksiya qilinib, yana 70 ta yangi bekat quriladi. Shuningdek, intellektual transport tizimini joriy etish, jumladan, 545 ta “aqlli” svetofor o‘rnatish orqali transport harakatini real vaqt rejimida boshqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes-ombudsman Caravan Group asoschisiga beriladigan 12,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha sud qaroriga shikoyat kiritadi
/
Biznes-ombudsman Caravan Group asoschisiga beriladigan 12,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya bo‘yicha sud qaroriga shikoyat kiritadi
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Pavilion” savdo majmuasiga $25 mln investitsiya kiritildi
/
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Pavilion” savdo majmuasiga $25 mln investitsiya kiritildi
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
/
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi