1-iyuldan Toshkent viloyatida suv tariflari yangilanadi

Xususan, aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi 2,6 ming so‘mga etib belgilandi

1-iyuldan Toshkent viloyatida suv tariflari yangilanadi

Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshiriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha 26-may kuni qabul qilingan xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarori bilan yangi tariflar tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1-iyulidan boshlab viloyatda ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflar quyidagicha belgilanadi:

Bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha (QQSsiz):

  • aholi uchun — 2,6 ming so‘m (amalda — 2 ming so‘m);
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 15 ming so‘m;

Oqova suvi narxi (QQSsiz):

  • aholi uchun — 1,3 ming so‘m(amaldagi narxi — 1 ming so‘m);
  • budjet tashkilotlari uchun va ulgurji iste’molchilar uchun — 3 ming so‘m.

Viloyatda Toshkent viloyati suv ta’minoti, Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti, Chimgan-Chorbog‘ magistral suv ta’minoti suv yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Avvalroq 5-iyundan Xorazmda ichimlik va oqova suv uchun narxlar oshirilgandi.

Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 4,5 ming so‘mni, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa 10,4 ming so‘mni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi