Toshkentda 24 soatli ko‘chalar va Bo‘zsuv bo‘yida saylgoh barpo etiladi

Xususan, Yangi Sergeli va Qatortol ko‘chalari 24 soat faoliyat yuritadigan hududga aylantiriladi

Toshkentda 24 soatli ko‘chalar va Bo‘zsuv bo‘yida saylgoh barpo etiladi

Toshkentda 24 soatli yangi ko‘chalar yaratish va Bo‘zsuv kanalini obodonlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Haydarov xalq deputatlari kengashining 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qildi.

Avvalroq Toshkent shahri bo‘yicha jami 26 ta ko‘cha tanlab olingandi. Ushbu tashabbusning davomi sifatida Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasining 3,5 kilometr qismini 24/7 rejimda ishlaydigan turizm ko‘chasiga aylantirish loyihasi ishlab chiqildi.

Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirish uchun respublika budjetidan 8,7 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanidagi Qatortol ko‘chasining 1 kilometrini 24 soatlik ko‘chaga aylantirish loyihasi taklif qilinmoqda. Ushbu loyihaga respublika budjetidan 10,2 mlrd so‘m ajratiladi, — deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, Haydarov Bo‘zsuv kanalining bir qismi allaqachon obodonlashtirilganini eslatdi.

Lekin kanalning boshqa tomoni — Yunusobod tumanida joylashgan yana bir qismida bir-ikki yildan buyon qurilish nihoyasiga yetmayotgandi. Oxirgi, beshinchi loyihamiz tumandagi Minor, Matonat va Qashqar mahallalari hududidan o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali bo‘ylab saylgoh tashkil etish loyihasi hisoblanadi, — dedi u.

Poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, shahardagi eng katta yerosti yo‘li — “Toshkent” metro bekati va Shimoliy temiryo‘l vokzali o‘rtasidagi maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil qilish rejalarini ham ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi