O‘zbekistonda meva-sabzavot eksporti $317 mln dan oshdi

Savdo hajmi 10% ga oshib, 339,9 ming tonnadan ortdi

O‘zbekistonda meva-sabzavot eksporti $317 mln dan oshdi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti $317,7 mlnni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Hisobot davrida eksport hajmi 339,9 ming tonnadan oshib, o‘tgan yilga nisbatan 10% yoki 30,9 ming tonnaga ko‘paygan.

Eksport tarkibida asosiy ulushni mevalar egalladi — $93 mln. Quritilgan uzum eksporti $36 mlnni (o‘tgan yil — $31,4 mln), xurmo eksporti esa $1,6 mlnni (o‘tgan yil — $1,3 mln) tashkil etdi. Uzum va anor eksporti mos ravishda $11,1 mln va $11,0 mlnga yetdi.

Sabzavotlar eksporti hajmi $57,7 mlnni tashkil etdi. Piyoz eksporti $9,2 mln (o‘tgan yil — $14,4 mln)ga kamaygan bo‘lsa, karam $29,1 mln (o‘tgan yil — $19,6 mln), pomidor esa $8,1 mln (o‘tgan yil — $6,8 mln)ga oshdi.

Shuningdek, mosh eksporti $18,3 mlnni (o‘tgan yil — $15,7 mln) tashkil etib, o‘sish qayd etildi. Aksincha, yer yong‘oq va yong‘oq eksporti $16,3 mln (o‘tgan yil — $17,9 mln) gacha kamaygan. Hisobot davrida qovun va tarvuz eksporti amalga oshirilmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tashqi reklama joylashtirish tartibi belgilandi
/
O‘zbekistonda tashqi reklama joylashtirish tartibi belgilandi
O‘zbekistonda eskrou hisoblar orqali 33 mingdan ortiq bitim amalga oshirildi
/
O‘zbekistonda eskrou hisoblar orqali 33 mingdan ortiq bitim amalga oshirildi
O‘zbekistonda kompaniyalarga $50 mlngacha valyuta obligatsiyalarini chiqarishga ruxsat berildi
/
O‘zbekistonda kompaniyalarga $50 mlngacha valyuta obligatsiyalarini chiqarishga ruxsat berildi