“Uzbekistan Airways” Toshkent — Tel-Aviv reyslarini qayta tikladi

May oyidan haftasiga qo‘shimcha yakshanba reysi ham yo‘lga qo‘yiladi

“Uzbekistan Airways” Toshkent — Tel-Aviv reyslarini qayta tikladi

Uzbekistan Airways Toshkent va Tel-Aviv o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlarni qayta tikladi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tanaffusdan keyingi ilk parvoz 14-aprel kuni amalga oshirildi. Hozirda aviakompaniya haftasiga uch marta reyslarni bajarmoqda, may oyidan esa parvozlar soni oshiriladi.

Parvozlar jadvali:

  • Dushanba va payshanba — Toshkentdan 8:05 (8:10), Tel-Avivdan 13:35 (12:35);
  • Seshanba — Toshkentdan 15:15, Tel-Avivdan Samarqand orqali 20:15;
  • Yakshanba (3-maydan boshlab) — Toshkent — Samarqand — Tel-Aviv — Toshkent yo‘nalishi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha parvozlar mart oyida mintaqadagi vaziyat keskinlashgani sabab Isroil havo hududi yopilgani tufayli vaqtincha to‘xtatilgan edi. Shu davrda yo‘lovchilarga chiptalarni qo‘shimcha to‘lovsiz boshqa sanalarga almashtirish imkoniyati berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi
/
Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi
Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
/
Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi