“Toshkent-Sharqiy” aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

Aeroportning umumiy maydoni 561 gektarni tashkil etib, 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi mavjud

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida qurilishi yakunlanayotgan hukumat va biznes aviatsiyasi aeroportiga tashrif buyurdi.

Qurilish ishlari 2017-yilda boshlangan, pandemiya qiyinchiliklari bilan endi qurib bitkazildi.

Aeroportning umumiy maydoni 561 gektarni tashkil etadi. 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi va uchta taksi yo‘lagi rekonstruksiya qilingan, bu orqali u “eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi”.

Kun davomida aeroport yirik avialayner tomonidan amalga oshirilgan birinchi texnik reysni qabul qildi. Bu hukumatga tegishli Boeing 767 (UK67000) bo‘ldi. Keyin Pilatus PC-24 (UK24001) biznes-jeti bu yerga qo‘ndi. Vertolyotlar ham yetib keldi.

“20 ta “havo kemasi”ga mo‘ljallangan perron barpo etildi. Boeing 787, A 320 kabi samolyotlar, biznes-jetlar hamda vertolyotlar uchun angarlar qurildi.

Aeroportda VIP va CIP terminallar bunyod etilgan. Oliy martabali mehmonlar zalida rasmiy kutib olish, muzokaralar va brifing o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Soatiga 100 nafar yo‘lovchini qabul qilish quvvatiga ega CIP terminalida do‘kon va ovqatlanish joylari bo‘ladi, — deyiladi xabarda.

Aeroport ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Bu noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish va qo‘nish imkonini beradi.

Ko‘p yil tayyorgarlik qilib, mana shunday aeroport qurdik. Bu yerda yurtimizga keladigan mehmonlar va samolyotlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatiladi. Natijada Toshkent xalqaro aeroportiga yuklama yengillashadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mavjud poytaxt aeroporti uchun ham boshqa joyda ulkan majmua qurishni rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi
/
Aprel oyida mamlakatda inflyatsiya darajasi 0,6% ga oshdi