Toshkent — Samarqand pulli avtomagistrali 5 yilda quriladi

Uzunligi 282 km bo‘lgan yo‘l 6 polosali bo‘lib, harakat tezligi 150 km/soatgacha etib belgilanadi

Toshkent — Samarqand pulli avtomagistrali 5 yilda quriladi

Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda Toshkent — Samarqand yo‘nalishida yangi pullik avtomagistral qurish rejalari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, umumiy uzunligi 282 km bo‘lgan magistralni 5 yil davomida barpo etish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida 140 km hududda gruntni mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, 91 ta ko‘prik, 16 ta yo‘l o‘tkazgich va 12 ta transport chorrahasi qurilishi ko‘zda tutilgan.

Magistral Ia toifaga kiradi. Bu 6 polosali, sement-beton qoplamali yo‘lni anglatadi. Har bir polosaning kengligi 3,75 metrni tashkil etadi. Yo‘lning loyihaviy tezligi 150 km/soat etib belgilangan.

Shu bilan birga, Toshkent — Angren — Qamchiq dovoni yo‘nalishida uzunligi 171 km bo‘lgan muqobil yo‘l qurish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur loyiha doirasida umumiy uzunligi 33 km bo‘lgan tunnellar hamda boshqa muhandislik inshootlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda moliyalashtirish manbalari va xorijiy investorlarni jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi. Loyiha doirasida intellektual boshqaruv va transport oqimini monitoring qilish tizimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.

Fevral oyida oxirlarida Urganch-Xiva yo‘nalishida O’zbekistonda birinchi pulli avtomobil yo‘lini qurish boshlangandi. Qiymati $120 mlnlik loyiha doirasida 35 km uzunlikdagi zamonaviy yo‘l, ko‘prik va tunnellardan iborat yirik infratuzilma barpo etiladi.

Loyiha doirasida 17 ta ko‘prik, 8 ta yo‘l o‘tkazgich, 1 ta tunnel va 5 ta maxsus o‘tish joyi quriladi. Shuningdek, kommunikatsiya tarmoqlari va muhandislik inshootlari barpo etiladi. Qurilish ishlariga mingdan ortiq mutaxassis va yuzlab zamonaviy texnika jalb qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi