2027-yilda Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak quriladi

Chorrahalarga 455 ta “aqlli” svetofor o‘rnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanadi, 10 ming o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi

2027-yilda Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak quriladi

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Sergeli va Yangihayot tumanlarining aholisini qiynab kelayotgan masala — suv tozalash inshooti atrofidagi badbo‘y hidni 1-sentabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatib, bartaraf etishni topshirdi. Bu haqda 4-iyuldagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Kelasi yildan Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan Quyi Chirchiq tumanida quvvati 300 ming kub metr bo‘lgan zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi. Buning hisobidan Sergelidagi suv tozalash inshootiga yuklama keskin kamayishi ta’kidlandi.

Davlati rahbari Toshkent azaldan toza, ozoda va “yashil” shahar sifatida e’tirof etib kelinganini qayd etdi. Shu bilan birga, ko‘chalar, xiyobonlar va parklardagi tozalik muhiti aholi va turistlar talabiga qay darajada mos ekani tanqidiy tahlil qilindi.

Bu masala oddiy ko‘rinsa-da, aslida, madaniyat va qadriyat ekani qayd etildi. Mahalla raislari, nuroniylar va faollarga aholi bilan birga obodonchilik, daraxt ekish va ularni sug‘orish ishlariga bosh-qosh bo‘lish, yoshlarga “Tozalik ostonadan boshlanadi” degan qadriyatni singdirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, poytaxt mehmonlari va sayrga chiqqan aholi uchun hojatxonalar yetishmasligi qayd etildi. Bir oy muddatda alohida dastur ishlab chiqib, shu yilning o‘zida har bir tumanda 15−20 ta zamonaviy hojatxona qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yildi. Chiqindi qutilarini keskin ko‘paytirish bo‘yicha ham choralar ko‘riladi.

2026-yil aholiga qulaylik yaratish maqsadida Sergelining asosiy 23 kilometr yo‘lida harakat xavfsizligi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Chorrahalarga 455 ta “aqlli” svetofor o‘rnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanadi, 10 ming o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi.

Kelasi yil Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak qurish rejalashtirilgan. Bu yo‘lak Shota Rustaveli ko‘chasi bilan bog‘lanadi. Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarini poytaxtning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan Toshkent halqa yo‘lidagi yangi ko‘prik qurilishini tezlashtirish zarurligi qayd etildi.

Yil boshidan buyon Toshkent shahriga qariyb 3 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Ularning ko‘pchiligi tarixiy obidalar, istirohat bog‘lari, bozorlar, kafe-restoranlar va turistik mahallalarga piyoda borib, xotirjam sayr qilishni istaydi. Buning uchun yo‘l ko‘rsatkichlari, qulay marshrutlar va raqamli xaritalar zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga avtobus bekatlari, vokzal, aeroport va metro stansiyalarida sayyohlar uchun shahar marshrutlarini ko‘rsatuvchi, telefonga bepul va oson yuklab olinadigan xaritalarni joriy etish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda uy-joy narxlari iyul boshida 0,6% ga oshdi
/
Toshkentda uy-joy narxlari iyul boshida 0,6% ga oshdi
Yerusti metro liniyasi bo‘ylab 400 ta savdo shoxobchalari ishga tushiriladi
/
Yerusti metro liniyasi bo‘ylab 400 ta savdo shoxobchalari ishga tushiriladi
Yillik inflyatsiya iyun oyida 6,4% ga yetdi, narxlar o‘sishi yana tezlashdi
/
Yillik inflyatsiya iyun oyida 6,4% ga yetdi, narxlar o‘sishi yana tezlashdi