Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi

Eng yuqori daromad “Chilonzor” buyum bozori hissasiga to‘g‘ri keldi, qolgan savdo majmualari esa nisbatan kamroq natija qayd etgan

Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi

2026-yilning yanvar–mart oylarida Toshkentdagi yettita savdo majmuasi, jumladan, Chilonzor buyum bozori (“Ippodrom”), “Oloy”, Mirobod, Farhod, Qo‘yliq, “Askiya” va “Aviasozlar” (“Kadishev”) bozorlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portali ma’lumotlarida keltirilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi choragida moliyaviy hisobotlarni e’lon qilgan yettita poytaxt bozori jami 18,2 mlrd so‘mdan ortiq sof foyda ko‘rgan.

Shu bilan birga, “Chorsu” va Parkent bozorlari mazkur davr bo‘yicha moliyaviy natijalarni oshkor qilmagan.

Eng yuqori daromad “Chilonzor” buyum bozori (“Ippodrom”) hissasiga to‘g‘ri keldi. Bozorning sof foydasi birinchi chorak yakunlariga ko‘ra qariyb 13,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, “Askiya” bozori ham 2,8 mlrd so‘mdan ortiq foyda bilan yuqori natija qayd etdi.“Farhod bozori” 782,6 mln so‘m, “Oloy” bozori 689,1 mln so‘m, Mirobod bozori esa 457,7 mln so‘m sof foyda ko‘rsatdi.

Nisbatan past moliyaviy natijalar “Aviasozlar” (“Kadishev”) va Qo‘yliq bozorlarida qayd etildi. Ularning sof foydasi mos ravishda 71,4 mln va 64,4 mln so‘mni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
/
IFC O‘zbekiston va Qirg‘iziston kichik bizneslar uchun $10 mln ajratadi
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
/
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni yaxshiladi
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi
/
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 11 mlrd kub metrgacha oshiradi