Toshkent — Andijon yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi elektropoyezd qatnovi bilan birga temiryo‘l kompaniyasi bir qator yo‘nalishlarda harakat jadvalini ham o‘zgartirdi

Toshkent — Andijon yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnay boshladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Poyezd Toshkentdan soat 18:40 da jo‘nab, Andijon-1 stansiyasiga 23:12 da yetib boradi. Andijondan qaytish reysi soat 07:20 da yo‘lga chiqib, Toshkentga 12:12 da yetib keladi. Poyezdlar amaldagi qatnov kunlari bo‘yicha harakatlanadi.

CRRC-Dalian kompaniyasida ishlab chiqarilgan yangi tarkib beshta ekonom-klass vagonidan iborat bo‘lib, 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

26-oktabrdan boshlab elektropoyezdga har hafta texnik xizmat ko‘rsatilishi munosabati bilan dushanba kunlari Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishidagi 730/729-sonli poyezd qatnovi bekor qilinadi.

Bir qator poyezdlarning harakat jadvali o‘zgaradi

21-oktabrdan boshlab Andijon — Xiva/Urganch yo‘nalishidagi 125/126-sonli, Andijon — Termiz yo‘nalishidagi 129/130-sonli, Andijon — Qo‘ng‘irot yo‘nalishidagi 127/128-sonli poyezdlar, shuningdek, 6312, 7091, 7093 va 7094-sonli mahalliy poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.

22-oktabrdan 95/97-sonli Andijon — Toshkent poyezdi, 24-oktabrdan 93-sonli Andijon — Toshkent va 98/94-sonli Toshkent — Andijon poyezdlari, 25-oktabrdan 734/92-sonli Toshkent — Andijon poyezdi, 26-oktabrdan 733-sonli Andijon — Toshkent poyezdi, 27-oktabrdan esa 91-sonli Andijon — Toshkent poyezdi yangi jadval asosida harakatlanadi.

Shuningdek, 20-oktabr kuni Termizdan jo‘naydigan 130/129-sonli Termiz — Andijon poyezdining Toshkent-Janubiy — Andijon uchastkasidagi harakat jadvali ham 21-oktabrdan o‘zgaradi.

Yo‘lovchilarga safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish va poyezdlarning jo‘nash vaqtini oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kapital.uz 10-sentabrdan Toshkent — Andijon yo‘nalishida CRRC-Dalian ishlab chiqargan yangi elektropoyezd qatnay boshlagani haqida yozgandi. U avvalgi tarkib o‘rnini egallab, belgilangan jadval asosida har ikki yo‘nalishda qatnay boshlagan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qashqadaryoda yangi shahar bosh rejasini ishlab chiqish uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi
/
Qashqadaryoda yangi shahar bosh rejasini ishlab chiqish uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi
Qahramonjon Olimov Parijdagi o‘g‘irlash va Interpol qidiruvi haqida birinchi marta bayonot berdi
/
Qahramonjon Olimov Parijdagi o‘g‘irlash va Interpol qidiruvi haqida birinchi marta bayonot berdi
Qashqadaryoda $250 mlnlik quyosh elektr stansiyasi quriladi
/
Qashqadaryoda $250 mlnlik quyosh elektr stansiyasi quriladi