Qashqadaryoda yangi shahar bosh rejasini ishlab chiqish uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi

500 ming aholiga mo‘ljallangan yangi shahar 5 ming gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilmoqda

Qashqadaryoda yangi shahar bosh rejasini ishlab chiqish uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi

Qashqadaryo viloyatida 500 ming aholiga mo‘ljallangan yangi shahar qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi Qarshi shahri Qarshi shahri, Ko‘kdala va Qarshi tumanlari chegarasidagi 5 ming gektar maydonda joylashadi. Bundan tashqari, Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida 235 gektar maydonni egallaydigan “Yangi Nasaf” ekokompleksi qurilishi boshlanadi.

Yangi shaharning bosh rejasini ishlab chiqishga yetakchi arxitektura kompaniyalari jalb etiladi. Hujjatni ikki oy ichida tayyorlash rejalashtirilgan. Buning uchun dastlabki bosqichda 20 mlrd so‘m ajratiladi.

Yangi hududlarda ko‘p qavatli turar joylar, savdo majmualari va biznes markazlari quriladi. Loyihalarni amalga oshirishda “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillariga amal qilinadi.

Shuningdek, viloyatda daraxtlar sonini ko‘paytirish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yangi amaliyot joriy etiladi. Har yili Navro‘z arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi o‘tkaziladi. G‘oliblar elektromobillar va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent — Andijon yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
/
Toshkent — Andijon yo‘nalishida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Qahramonjon Olimov Parijdagi o‘g‘irlash va Interpol qidiruvi haqida birinchi marta bayonot berdi
/
Qahramonjon Olimov Parijdagi o‘g‘irlash va Interpol qidiruvi haqida birinchi marta bayonot berdi
Qashqadaryoda $250 mlnlik quyosh elektr stansiyasi quriladi
/
Qashqadaryoda $250 mlnlik quyosh elektr stansiyasi quriladi