Qashqadaryoda $250 mlnlik quyosh elektr stansiyasi quriladi

Shuningdek, viloyatda chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish obyekti qurilmoqda va elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda

Qashqadaryoda $250 mlnlik quyosh elektr stansiyasi quriladi

Masdar kompaniyasi kelasi yili Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Loyihaning qiymati $250 mlnni tashkil etadi.

Qarshi tumanida Xitoy hamkori ishtirokida chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan, quvvati 45 MVt bo‘lgan obyekt qurilishi yakunlanmoqda.

Bundan tashqari, elektr tarmoqlarini mustahkamlash uchun Nishon va Ko‘kdala tumanlarida ikkita yirik podstansiya qurilishiga $70 mln jalb qilinadi. Ularni kelasi yili foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

To‘limarjon — So‘g‘diyona yo‘nalishi bo‘ylab uzunligi 245 km bo‘lgan yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $150 mln ajratilgan. Mas’ul shaxslarga loyihani kelasi yili yakunlash topshirildi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qashqadaryoda sanoat klasterlari infratuzilmasiga 250 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
/
Qashqadaryoda sanoat klasterlari infratuzilmasiga 250 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
“Uzbekistan GTL” zavodida umumiy qiymati $300 mln bo‘lgan uchta yirik loyiha amalga oshiriladi
/
“Uzbekistan GTL” zavodida umumiy qiymati $300 mln bo‘lgan uchta yirik loyiha amalga oshiriladi
“Xalq Sug‘urta” ning 100% aksiyasi Davaktivga o‘tkazildi
/
“Xalq Sug‘urta” ning 100% aksiyasi Davaktivga o‘tkazildi