Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

10-sentabrdan 357 yo‘lovchiga mo‘ljallangan CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnaydi

Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

10-sentabrdan 730/729-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga zamonaviy CRRC-Daliyan tezyurar elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qildi.

730-sonli Toshkent-Andijon poyezdi Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalidan soat 09:20 da jo‘nab, Angrenga 10:25, Popga 12:00, Qo‘qonga 12:28, Marg‘ilonga 13:00 da yetib boradi va Andijonga 13:35 da kirib keladi. 729-sonli Andijon — Toshkent poyezdi esa Andijondan 15:38 da yo‘lga chiqib, Marg‘ilonga 16:11, Qo‘qonga 16:43, Popga 17:11, Angrenga 18:50 da yetib, Toshkent-Yo‘lovchi vokzaliga 19:53 da keladi.

Taqqoslash uchun, hozirda shaharlar o‘rtasidagi poyezd safari 6 soatdan 7 soatgacha vaqt oladi. Poyezd taxminan soatiga 160 km tezlikkacha chiqish imkoniyatiga ega.

Elektropoyezdda 4 ta vagon bo‘lib, ularda jami 357 ta o‘rin mavjud: 1-, 2- va 4-ekonom vagonlarning har birida 95 tadan, 3-ekonom vagonda 72 ta o‘rin ajratilgan.

Shu bilan birga, 10-sentabrdan boshlab Andijon yo‘nalishida harakatlanuvchi qator yo‘lovchi poyezdlarining jadvali ham o‘zgaradi.

Jumladan, 91-sonli Andijon-Toshkent poyezdi 15-sentabrdan Andijondan 18:40 da jo‘nab, Toshkentga 01:31 da yetib boradi. 92-sonli Toshkent-Andijon poyezdi 14-sentabrdan Toshkentdan 17:50 da chiqib, Andijonga 00:36 da yetadi.

93-sonli Andijon-Toshkent poyezdi 12-sentabrdan 16:35 da yo‘lga chiqib, Toshkentga 22:31 da yetib keladi. 97/95-sonli poyezd 10-sentabrdan Andijondan 17:30 da jo‘nab, Toshkentga 00:27 da yetib boradi. 96-sonli Toshkent-Andijon poyezdi esa 04:55 da jo‘nab, Andijonga 11:43 da yetib keladi. 98/94-sonli poyezd Toshkentdan 07:14 da chiqib, Andijonga 13:48 da yetadi.

Shuningdek, uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlar harakatida ham o‘zgarishlar bo‘ladi.

126/125-sonli Xiva/Urganch-Andijon poyezdi 9-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanib, Toshkent-Janubiydan 05:58 da chiqadi va Andijonga 12:13 da yetib boradi. Qaytish yo‘nalishidagi 125/126-sonli poyezd 10-sentabrdan Andijondan 15:45 da jo‘nab, Toshkent-Janubiyga 21:48 da yetadi.

127/128-sonli Andijon-Qo‘ng‘irot poyezdi 10-sentabrdan Andijondan 17:30 da chiqib, Toshkent-Janubiyga 00:27 da keladi. Qo‘ng‘irot-Andijon yo‘nalishidagi 128/127-sonli poyezd esa Toshkent-Janubiydan 05:58 da jo‘nab, Andijonga 13:14 da yetadi.

129/130-sonli Andijon-Termiz poyezdi 10-sentabrdan Andijondan 16:35 da chiqib, Toshkent-Janubiyga 22:31 da yetib keladi. 130/129-sonli Термиз-Andijon poyezdi 9-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanib, Toshkent-Janubiydan 07:14 da jo‘naydi va Andijonga 13:15 da yetadi.

Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi 731-sonli poyezd 10-sentabrdan 06:35 da jo‘nab, Toshkentga 13:15 da yetib boradi. 732-sonli Toshkent-Andijon poyezdi 17:50 da jo‘nab, Andijonga 23:58 da yetib keladi. 733-sonli poyezd 14-sentabrdan Andijondan 05:50 da chiqib, Toshkentga 13:15 da yetadi. 734-sonli poyezd esa 13-sentabrdan Toshkentdan 17:50 da jo‘nab, Andijonga 00:36 da yetib boradi.

Viloyatlararo qatnovlarda ham yangi jadval joriy etiladi. 6312-sonli Qo‘qon-Andijon poyezdi 10-sentabrdan Qo‘qondan 06:05 da chiqib, Andijonga 08:44 da yetadi. 6313-sonli Andijon-Qo‘qon poyezdi esa 17:08 da jo‘nab, Qo‘qonga 19:45 da keladi.

7091-sonli Qo‘qon-Namangan-Andijon-Qo‘qon poyezdi Qo‘qondan 05:30 da yo‘lga chiqib, Namanganga 07:51, Andijonga 10:40 da yetadi va Qo‘qonga 13:42 da qaytib keladi. 7093-sonli Qo‘qon-Namangan poyezdi 14:15—16:36, 7094-sonli Namangan-Qo‘qon poyezdi esa 17:00—19:16 oralig‘ida harakatlanadi.

Yo‘lovchilarga safar oldidan poyezdlarning yangilangan harakat jadvali bilan tanishib olish tavsiya etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kun muddatga o‘chiriladi
/
Toshkentda sentabr va oktabr oylarida issiq suv 5 kun muddatga o‘chiriladi
O‘zbekiston Serbiya bilan beshta yo‘nalishda iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi
/
O‘zbekiston Serbiya bilan beshta yo‘nalishda iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekistonda 315 mingdan ortiq tadbirkorning soliq penyasini hisobdan chiqariladi
/
O‘zbekistonda 315 mingdan ortiq tadbirkorning soliq penyasini hisobdan chiqariladi