11.6.2025 | 14:34
O‘zbekiston $210 mlndan ortiq xorijiy avtomobillarni import qildi
Mashinalar ko‘pincha Xitoy va Janubiy Koreyadan olib kelingan
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati $213,7 mlnga teng bo‘lgan 12 ming 71 ta yengil avtomobil import qilgan.
Eng ko‘p mashinalar Xitoydan olib kelingan — 9 ming 904 dona. Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya bo‘lib, u yerdan 1 ming 714 ta mashina olib kelingan.
Quyida qolgan ro‘yxat keltirilgan:
- Hindiston — 168 ta;
- Yaponiya — 97 ta;
- AQSH – 41 ta;
- boshqa davlatlar – 147 ta.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ